Muxitdinova Zulayho Nurullayevna
UTT shifokori
Yuqori darajadagi professionallik va har bir bemorga e'tiborli yondashuvga ega.
U UTT sohasida ko'p yillik tajribaga ega, zamonaviy tekshirish usullarini biladi va kasalliklarni erta bosqichda anqlash imkonini beruvchi ekspert darajasidagi uskunalardan foydalanadi.
Asosiy ish yo'nalishlari:
- Qalqonsimon bezning ultratovush tekshiruvi;
- Ko'krak bezlarining ultratovush tekshiruvi;
- Qorin bo'shlig'i a'zolarining ultratovush tekshiruvi;
- Erkaklar va ayollarda kichik chanoq a'zolarining ultratovush diagnostikasi;
- Yumshoq to'qimalar, limfa tugunlari, bo'g'imlarning UTT tekshiruvi.
Shifokorning asosiy fazilatlari — e'tiborlilik, aniqlik, tekshiruv natijalarini tushunarli tilda tushuntirish qobiliyati. Shu tufayli bemorlar tekshiruvning har bir bosqichida o'zlarini ishonchli va hotirjam his qiladilar.