Pirmuxamedova Laylo Irkinovna
Bolalar ortodonti shifokori
Shifokor bolalar ortodontiyasi sohasida 10 yildan ortiq ish tajribasiga ega. Amaliyot yillari davomida u yuzlab bolalarga sog'lom va chiroyli tabassum qilishga, tish-jag' tizimining to'g'ri rivojlanishini saqlab qolishga yordam berdi.
Asosiy faoliyat yo'nalishlari:
- Bolalar va o'smirlarda tishlarning yopilishi (prikus) ni diagnostika qilish va tuzatish;
- Tish va jag'larning rivojlanishidagi anomaliyalarni davolash;
- Tish-jag' tizimidagi buzilishlarning oldini olish;
- Zamonaviy breket-tizimlar, kapalar va funksional apparatlardan foydalanish;
- Ortodontik davolashning barcha bosqichlarida bolani kuzatib borish.
Shifokor e'tiborliligi, diqqatliligi va hatto eng kichik bemorlarga ham yondoshishni bilishi bilan ajralib turadi. U qabulda ishonchli muhit yaratadi, shuning uchun bolalar o'zlarini osoyishta his qiladilar, ota-onalar esa natijaga ishonchadilar.
U bilimlarini muntazam ravishda takomillashtiradi, zamonaviy uslub va texnologiyalarni qo'llaydi, bu davolashni bolalar uchun iloji boricha samarali va qulay qilish imkonini beradi.