Salixov Sobirxon Gayratovich
Kardiolog shifokor
Turli yurak-qon tomir kasalliklari bo'lgan bemorlarni davolashda katta tajribaga ega. Chet eldagi klinikalarda malakasini oshirgan.
Kunlik EKG monitoring, qon bosimi monitoringi va stress-test kabi funktsional tekshiruv usullarini qo'llaydi.
Shifokor quyidagi kasalliklarni davolashda katta tajribaga ega:
- Yurakning ishemik kasalligi, stenokardiya, o'tkir koronar sindrom, o'tkir miokard infarkti;
- Gipertonik kasallik (qon bosimining oshishi), gipertonik kriz;
- O'tkir miya qon aylanishi buzilishi (insult);
- O'pka arteriyasining tromboemboliyasi;
- Ushbu kasalliklarning o'pka shishi, yurak astmasi, yurak aritmiyalari va o'tkir yurak etishmovchiligi shaklidagi asoratlari.
Shifokor e'tiborlilik, sabr-toqat va professionallik bilan ajralib turadi. Har bir tashxis chuqur tahlil va zamonaviy tibbiy ma'lumotlar asosida tasdiqlanadi. Har bir bemorga individual yondashuv uning asosiy tamoyilidir.