Shifokor ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarini aniqlash, davolash va oldini olish bilan shug‘ullanadi. Qorin og‘rig‘i, jig‘ildon qaynashi, dam bo‘lish, ich ketishi yoki qabziyat, ko‘ngil aynishi kabi muammolarni bartaraf etishga yordam beradi.
Qabul vaqtida bemorning holati baholanadi, kasallik tarixi o‘rganiladi va zarur bo‘lsa, laborator hamda instrumental tekshiruvlar tayinlanadi. Natijalarga ko‘ra individual davolash rejasi, ovqatlanish va turmush tarzi bo‘yicha tavsiyalar beriladi.